NOMINATIVE FIELD OF THE CONCEPT “FOOT/OYOQ” IN ENGLISH AND UZBEK
Annotatsiya
Maqola “foot/oyoq” nominativ maydonining lisoniy tasvirini, ingliz va o‘zbek tillarida ushbu maydonni tashkil etuvchi birliklarning xususiyatlari va o‘zaro aloqalarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Empirik kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, ifodaning semantik tuzilishi va lingvistik shakllari turli xalqlar tilida turlicha namoyon bo‘ladi. Tadqiqotlarimiz ingliz va o‘zbek tillarida quyidagi verbalizatorlarni topish imkonini berdi: leksemalar (so‘zlar, frazeologik birliklar, maqollar), sintaksemalar (iboralar, gaplar, mikro va makromatnlar) va paralingvistik vositalar. Statistik va komponentli tahlillar shuni ko‘rsatdiki, so‘z birikmalari (frazemalar) dominant, frazeologik birliklar, gap va so‘zlar markaziy, morfemalar, matnlar, maqol va matallar, paralingvistik vositalar sohaning periferik zonasini egallaydi. Natijalarga ko‘ra, ingliz va o‘zbek tillari tarixiy va milliy anʼanalarga asoslangan holda “foot/ oyoq” konseptini o‘ziga xos turkumlash va konseptuallashtirish usuliga ega va nominativ maydonni aniqlab olish uni tashkil qiluvchi birliklarning semantik munosabatlarini tadqiq qilishda birlamchi vazifadir, degan xulosaga kelishimiz mumkin.
Hali tarjima qilinmagan