Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

ILK XRESTOMATIYALARDA ALISHER NAVOIY IJODIDAN PARCHALAR

Ozoda TAJIBAEVATashkent State University of Uzbek Language and Literature
ABI

Annotatsiya

O‘tgan asrlar mobaynida shoir va yozuvchilarning asarlari turli xil to‘plam, majmua va xrestomatiya shaklida kitobxonlarga tanishtirib borilgan. O‘tgan asrlardagi adabiy merosni zamon kitobxonlariga yetkazish maqsadida olimlar xrestomatiyalarda o‘sha adibning tarjimayi holi va asarlaridan parchalar berishgan. Bu tajriba dunyo adabiyotida keng tarqalgan bo‘lib, ular bir til ichida yoki boshqa millat vakillari uchun mo‘ljallab tuzilgan. Sharqshunos olim I. N. Beryozin tomonidan tuzilgan “Turkiy xrestomatiya” kitobi rus va boshqa millat sharqshunoslariga turkiy adabiyot namunalarini tanishtirgan dastlabki manbalardan biri sanaladi. I. Beryozin xrestomatiyani tuzish uchun turkiy tilli adiblarning Rossiya kutubxonalaridagi qo‘lyozma nusxalaridan foydalanadi. Har bir asarni eski o‘zbek yozuvidagi matnini beradi. Alisher Navoiyning asarlari manbalari asosida olingan parchalar ham xrestomatiyadan o‘rin olgan. Maqolada Navoiy asarlaridan olingan parchalarning berilish holati tahlil qilinadi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba