Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

O‘ZBЕK TILINI XORIJIY TIL SIFATIDA O‘QITISHDA AUTЕNTIK MATERIALLARNI TANLASH TAMOYILLARI

Gulshan AsilovaAlisher Navoi Tashkent State University of Uzbek Language and Literature
ABI

Annotatsiya

O‘zbek tilini o‘rganishga qiziqish dunyoda yildan yilga ortib borayotganligi kuzatilmoqda. Jahonda keng tarqalgan tillardan farqli o‘laroq, o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitish metodikasi hali boy tajribaga ega emas. Boshqa til vakillariga o‘zbek tilini o‘qitish jarayoni va undagi muammolar tadqiqotchilar tomonidan hali yaxshi o‘rganilmagan soha hisoblanadi. O‘zbek tilidan xorijliklar uchun shu kunga qadar yaratilgan o‘quv adabiyotlari hajmini ham bugun yetarli deb bo‘lmaydi. Xususan, o‘zbek tilini ingliz, nemis, xitoy, koreys, rus zabonli o‘rganuvchilarga o‘qitish tajribasi natijasida yuzaga kelgan bir nechta o‘quv qo‘llanmalar va elektron majmualar mavjud. Biroq ularda berilgan o‘quv-didaktik materiallar jonli tilga qay darajada moslashtirilganligi va ularning o‘zbek tilini o‘rganuvchilar nutqini o‘stirishdagi samaradorligi tadqiq etilmagan. Bugungi kunda xorijiy tillarni o‘qitish metodikasining dolzarb masalalaridan biri ta’limda autentik materiallardan foydalanish bilan bog‘liq muammodir. Bu borada dunyoda keng tarqalgan tillarning metodikasida boy tajriba to‘plangan. Ushbu soha mutaxassislarini asosan autentik materiallarni topish va ularni ta’lim jarayonida samarali qo‘llash masalalari o‘ylantiradi. Maqola o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitishda autentik matnlarni tanlash, til o‘rganuvchilar ehtiyojiga moslashtirish va ulardan ta’lim jarayonida maqsadli foydalanish masalalariga bag‘ishlangan. Unda autentik materiallar bilan ishlashda ularning qaysi jihatlariga e’tibor qaratish kerakligi, ularning qaysi turlari o‘zbekcha nutqni o‘stirishda samara berishi tahlilga tortilgan. O‘zbek tilini o‘rganuvchi xorijliklar uchun autentik materiallarni tanlashga oid metodik tavsiyalar berilgan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar