Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

INFLUENCE OF THE SOCIO-SPIRITUAL ENVIRONMENT IN THE FAMILY ON EDUCATION OF CHILDREN

Gulchekhra KarimovaTashkent University of Information Technologies named after Muhammad al-Khorazmi
2023en
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada Oila insonning baxt-saodatini ta’minlovchi qo‘rg‘on ekanligi asoslab berilgan bo‘lib, uning ham ilohiy, ham insoniy himoyasi mavjud ekanligi izohlab berilgan. Oila inson zoti yaratilgandan boshlab davom etib, insoniyat tarixining hamma davrlarida, har qanday tuzum va sharoitda ham kishilarning asosiy hamda sharafli qadriyatlaridan hisoblangan. Oila dunyosi bir qator ma’naviy, axloqiy, ruhiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy munosabatlar mujassamlashgan bedahl makon bo‘lib, yaxlit olganda, unda butun boshli tarix, millat, davlat o‘z ifodasini topganligi bayon qilingan. Oila farovonligi – milliy farovonlik asosidir. Xalqimiz tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, halollik, rostgo‘ylik, or–nomus, sharm-u hayo, mehr–oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar oilada shakllanishi ochib berilgan. Ushbu tadqiqotda oilada otaning o‘rni va mavqei izohlab berilgan. Tadqiqot jarayonida tizimli tahlil, “Oiladagi ijtimoiy-ma’naviy muhitining farzand tarbiyasiga ta’siri” mavzusida anketa so‘rovnoma o‘tkazilib, olingan xulosalar ushbu maqolada bayon qilingan. Oilada farzand yo komil shaxs, yo xudbin inson bo‘lib shakllanishiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Bugungi kunda ham bu hikmatli so‘zlarning ahamiyati o‘z kuchini yo‘qotmaganini ko‘rishimiz mumkin. Ayniqsa, bugungi globallashuv davrida farzandlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, ularda yon-atrofda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirish, tinch-osoyishta hayotimizga, ko‘p asrlik ma’naviyatimiz va milliy qadriyatlarimizga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan tajovuzlarga qarshi kurashishda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotlarning ahamiyati kun sayin ortib borayotganligi to‘g‘risida xulosa chiqarilgan.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar