PARRANDACHILIK MAHSULOTLARI VA MAHSULDORLIGINING IQTISODIY-STATISTIK TAHLILI
Annotatsiya
Hozirgi kunda parrandachilik dunyoning aksariyat mamlakatlarida qishloq xo‘jaligining eng dinamik va muhim tarmog‘i bo‘lib, yuqori sifatli parhez oziq-ovqat mahsulotlari - tuxum va go‘sht bilan ta’minlaydi. Shu bois hozirgi kunda mamlakatda parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini va parrandalar mahsuldorligini oshirishni rag‘batlantirish bo‘yicha hukumat qarorlari va me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilgan. Mamlakat aholisining mahalliy sharoitda ishlab chiqarilgan sifatli va arzon mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini to‘laroq qondirish asosan qishloq xo‘jalik tarmoqlarini, jumladan, parrandachilikni rivojlantirish darajasiga bevosita bog‘liq. Maqolada parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqarish darajasi va nisbatlari tahlil qilingan. Surxondaryo viloyati va respublika darajasida parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish darajasi va o‘sish sur’atlari o‘zaro taqqoslangan. Bundan tashqari viloyat tumanlari kesimida parrandalar soni va parrandachilik mahsulotlarini yetishtirish darajasi o‘rganilgan. Shuningdek, tuxum mahsuldorligi va go‘sht ishlab chiqarish mahsuldorligini aniqlash ko‘rsatkichlari, parrandalarning tirik vazni o‘zgarishi ko‘rsatkichlarini hisoblash usullari bayon qilingan.