OPSIONLARNI BAHOLASHNING BLEK-SHOULZ MODELI
Annotatsiya
Moliyaviy risklarni boshqarishda xedjirlash muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Har bir investor oʻz portfelidagi moliyaviy risklarni kamaytirish va maksimal daromadga erishishni koʻzlaydi. Bu vazifani bajarishda esa hosilaviy qimmatli qogʻozlar barcha instrumentlardan koʻra ustuvorlikka ega. Ulardan togʻri va samarali foydalanish moliyaviy risklarni oqilona boshqarish yoʻlini ochadi. Shu maqsadda hosilaviy qimmatli qogʻozlardan foydalanishdan avval ularning qiymatini baholash muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun iqtisodiyot olamiga mashhur Blek-Shoulz modelini qoʻllash moliyaviy risklarning oldini olish uchun yaxshi vosita boʻlib xizmat qiladi. Ushbu maqolada opsion mohiyati, tarixi, savdosi va baholash metodlari hamda Blek-Shoulz modeli, mohiyati, tarixi, takomillashtirilgan turlari, yutuq va kamchiliklari tadqiq etiladi.