Ingliz tili gap qurilmalarida sintaktik aloqalar muammosi: funksional sintaktik sathda sintaktik aloqalar
Nigora TashlanovaTashkent University of Information Technologies
ABI
Annotatsiya
Maqolada, ingliz tili gap qurilmalarida sintaktik birliklarning semantikasini aniqlash, shu bilan birga gap qurilmasida ishtirok etgan sintaktik birliklarni, sintaktik aloqalarni va komponent tarkibini aniqlash, hozirgi zamon sintaktikasida yechilmagan muammolar funksional sintaktik nuqtai nazardan tahlil qilindi. Tadqiqotda ekspriment metodi, distributiv komponent va sintaksem tahlil metodlari qo‘llanildi. Sintaktik sathda komponentlarning valentligini aniqlashda sintaktik aloqalarning roli va ahamiyati ko‘rsatilib, komponentlarning differensial sintaktik belgilarini hamda ularning ifodalanish usullarini komponent modellar asosida yoritib berildi.
Hali tarjima qilinmagan
Mavzular
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos2 ta foydalanilgan manba