Kibermakonda sodir etilgan jinoyatlarning o‘ziga xos jihatlari hamda ularni ochish muammolari
Annotatsiya
Mazkur maqolada muallif internet jahon tarmog‘i orqali sodir etiladigan hamda etilayotgan jinoyatlarning kundalik hayotda ijtimoiy hayotda sodir etilayotgan jinoyatlardan bir qator farqli hijatlarini amaliy jihatdan tushuntirib beradi. Hamda har bir keltirgan fikrini asoslash uchun amaliy misollar yordamida dalillaydi. Shuningdek, statistik maʼlumotlar yordamida tahlillarni amalga oshiradi. Bu esa kiberjonoyatchilikning yana-da yaxshi tushunilishi hamda tergov qilish jarayonida jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini to‘g‘ri baholagan holda harakat qilish joizligini anglatadi. Shu bilan birga, muallif o‘z shaxsiy qarashlari hamda ilmiy asoslangan manbaalar yordamida kiberjinoyatchilikni qanday tergov qilish va undan qanday samarali himoyalanish zarurligi haqida qimmatli maʼlumotlarni keltiradi. Maqola kirish, muammolar tahlili, amaliy takliflar hamda xulosa qismlaridan tashkil topgan.