Didaktik asarlarda ma’rifatli shaxsni tarbiyalash mazmuni
Annotatsiya
Mazkur maqolada muallif tomonidan Markaziy Osiyoda XII asr oxiri – XIV asrning birinchi yarmida yashab o‘tgan ma’rifatparvar mutafakkirlarning pedagogik fikrlar rivojiga qo‘shgan hissasi va ular tomonidan yaratilgan didaktik asarlar mazmuni tahlil qilingan. Ma’rifatli shaxsni tarbiyalashga xizmat qiladigan asosiy vazifalar: uzluksiz ma’rifatga intilish; ilm topish sari intilish; ta’limni tartib bilan olib borish; ma’rifat hosil qilish; ma’rifatga butkul bog‘lanish; atrofga ma’rifat baxsh etish; maqsad va maslakni ahli ma’rifat bilan bog‘lash; ma’rifat nomli xos sifatga erishish ekanligi hamda asosiy kategoriyalar sifatida saodat, fazilat, hikmat, aql, shijoat, iffat, adolatni belgilash mumkinligi asoslangan.