Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamalarida fuqarolarning takliflarini inobatga olish masalalari
Annotatsiya
Mamlakatimizda qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamalarini oʻtkazish masalasiga alohida e’tibor berilmoqda, bu borada bir qator qonunchilik hujjatlari qabul qilingan. Biroq, jamoatchilik muhokamalarida fuqarolar tomonidan bildirilayotgan takliflar va mulohazalar aksariyat hollarda tegishli davlat organlari tomonidan koʻrib chiqilmasdan qolayotganligi bu boradagi qonunchilikni yanada takomillashtirish zarurligini taqozo etadi. Mazkur maqolada jamoatchilik muhokamalari jarayonida fuqarolarning takliflarini koʻrib chiqish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, ushbu maqolada milliy qonunchilikni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar bildirilgan.