Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

INGLIZ TILIDAN TARJIMA QILINGAN MATNLAR TAHRIRIDAGI OʻZIGA XOSLIKLAR: TIL IYERARXIYASI VA EKVIVALENTLIK

ABI

Annotatsiya

Soʻnggi vaqtlarda asliyatdan, jumladan, ingliz tilidan tarjimalar soni oshdi. Biroq ularning sifati, tahrir darajasi turlicha. Tahrir tarjima matnlar darajasini belgilaydigan, unga bevosita taʼsir qiladigan muhim jarayon boʻlsa-da, bu boʻyicha oʻzbek tilida tadqiqotlar olib borilmagan. Ushbu maqolada ingliz tilidan oʻgirilgan matn tahririning oʻziga xosliklari, tarjimada til iyerarxiyasining xususiyatlari, ekvivalentlikni taʼminlash masalalari tadqiq qilingan. Koʻrsatilgan usullar va amaliy misollar tarjima matnlarni baholash, ularni qayta ishlashda qoʻl keladi. Ulardan foydalangan tarjimon, muharrir, noshir va jurnalistlar tarjima materialining asliyatga va oʻzbek tili tabiatiga mosligini taʼminlay oladi. Bu esa taklif etilayotgan metodikaning samaradorligini tasdiqlaydi. Olingan natijalar tarjima matnlarning ravonlik, tushunarlilik va ekvivalentlik darajasini aniqlash, shu asosda matnni qayta ishlash va pirovardida foydalanuvchilarga sifatli mahsulot taqdim etishga xizmat qiladi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba