Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

BAKTERIYALAR TOMONIDAN CD(II) KATIONLARI BILAN IFLOSLANGAN TUPROQLARNING BIOREMEDIATSIYASI

ABI

Annotatsiya

<em>. Ushbu tadqiqot kadmiy (Cd) bilan ifloslangan tuproqlarni qayta tiklashda uchta bakteriya shtammlarining (Enterobacter ludwiigi, Bacillus simplex, Bacillus licheniformis) alohida va assosiasiyadagi sinergetik ta'sirini baholashga qaratilgan. Sinov o`simligi sifatida bug`doydan foydalanilgan. Enterobacter ludwiigi A11, Bacillus licheniformis A10 va Bacillus simplex A8 bakteriyalarining kombinatsiyalari bilan ishlov berilgan bug`doy urug`lari Cd ning 3 xil konsentratsiyasini (2.4, 4.1, 8.2 mg/kg) o'zida tutgan tuproqlarga ekildi va 30 kun davomida o'simlikning o'sishi va rivojlanishi kuzatildi. O'tkazilgan tadqiqotlar yakunida o'simlik balandligi, poya va ildiz biomassasi, xlorofill miqdori aniqlandi. Bakteriyalarning assosiasiyasi qo'llanilganda, yagona shtamm qo`llanilgandagi natijaga nisbatan o'simliklarning o'sish parametrlari sezilarli darajada rag'batlashtirilgani aniqlandi. Natijalar shuni ko'rsatdiki, tekshirilgan bakteriyalar Cd bilan ifloslangan tuproqlarning bioremediatsiyasini ta`minlashda va o`simlik o'sishini kuchaytirishda sinergetik potensialga egadir.</em>

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba