Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

MAMLAKATIMIZDA AHOLINI TADBIRKORLIKKA JALB QILISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH VA TADBIRKORLIK SOHASIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI JORIY QILISHNING AHAMIYATI

ABI

Annotatsiya

<em>O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4862-sonli “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida aholini, shu jumladan, yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng ko‘lamda jalb qilish ishsizlik muammosini hal qilishning va aholi turmush farovonligini oshirishning muhim omili ekanligi qayd etilgan<strong>[1]</strong>.</em> <em>Dunyo mamlakatlarida, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari davlatning moliyaviy qo‘llab-quvvatlashi orqali tadbirkorlik sohasiga jalb etiladi. Buning sababi shundaki, aholining mazkur qatlamida boshlang‘ich kapitalni shakllantirish uchun pul mablag‘lari va moddiy aktivlar yetarli emas. Bundan tashqari, ularning to‘lovga qobilligi juda past bo‘lib, tijorat banklaridan kredit olish imkonini bermaydi.</em> <em> Hozirgi davrda respublikamizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini tadbirkorlik sohasiga jalb etish uchun ularni bepul tarzda tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish, ularga davlat mablag‘lari hisobidan imtiyozli kreditlar berish yo‘lga qo‘yilgan. </em> <em>Buning ustiga, mahallabay ishlash tizimi joriy etilgan bo‘lib, ushbu tizim aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga manzilli moliyaviy yordam ko‘rsatish, ularni tadbirkorlik sohasiga jalb etish imkoniyatlarini aniqroq baholash imkonini beradi.</em> [1]O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktyabrdagi PQ-4862-sonli qarori. Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida //www.lex.uz.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba