Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

ZIYORATGOHLAR YOSHLARNING MAʼNAVIY, RUHIY VA IJTIMOIY-SIYOSIY TARBIYASIDAGI O`RNI

ABI

Annotatsiya

Ziyorat marosimlari tahlil qilinar ekan, mazkur marosimlarning vujudga kelishida mahalliy aholining tarixiy davrlar davomidagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti aks etganligini ko‘rish mumkin. Chunki, ziyorat marosimlari ham xalq ongi va dunyoqarashi asosida o‘zgarishi, ayrim urf-odatlarning esa transformatsiyaga uchraganligini yaqqol ko‘rish mumkin. Jumladan, Samarqand vohasi aholisi ziyoratgohlarga borish va ziyorat marosimlarini bajarishdan asosiy maqsad, Allohning inoyatiga erishish, avliyodan baraka hamda madad so‘rash, kasallar dardiga shifo, befarzandlar esa farzand so‘rash hisoblanadi. Shu bilan birga, ziyoratchilar o‘ziga xos ruhiy yuksalish (himmat)ga erishishlariga ishonadi. Yaʼni, baraka bu – moddiy jihatdan yuksalishni anglatsa, himmat esa insonning maʼnaviy yuksalishini anglatadi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba