HARBIY XIZMATCHILAR AXLOQIY-RUHIY HOLATIGA TA'SIR ETUVCHI PSIXOLOGIK OMILLAR
Annotatsiya
Jahon va mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyatning o‘zgarishi
xavfsizlik va barqarorlikka bo‘lgan xavf-xatar va tahdidlarning kuchashiyi bilan
ifodalanadi. Bu esa har bir mamlakat qurolli kuchlari harbiy xizmatchilarini har
tomonlama professional holda tayyorlash bilan bir qatorda barqaror axloqiy-ruhiy
holatini ta’minlashni talab etadi. Shuningdek, so‘nggi vaqtlarda ro‘y berayotgan qurolli
nizolar va to‘qnashuvlarning natijasi zamonaviy qurol-aslaha va jangovar texnikalarga
emas balki harbiy xizmatchilarning barqaror axloqiy-ruhiy holatiga bog‘liq ekanligini
ko‘rsatmoqda. Ushbu jihat nafaqat bugungi kunda dolzarb va ahamiyatli bo‘lib, qadim
o‘tmishdagi ro‘y bergan janglarda ham qo‘shinning jangovar ruhi g‘alabani
ta’minlashning asosi ekanligi o‘z isbotini topgan. Mazkur maqolada mamlakat
mudofaa va xavfsizligining negizi bo‘lgan Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarining
axloqiy-ruhiy holatiga ta’sir etuvchi psixologik omillarni aniqlash masalalari ilmiyamaliy tahlil etilgan