YUQORI SINF O‘QUVCHILARIDA QAT’IYATLILIK SIFATINI JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA TARBIYALASH
Annotatsiya
Maqolada umumta’lim maktabi yuqori sinf o‘quvchilarining jismoniy tarbiya darslari jarayonida qat’iyatliligini tarbiyalash muammolari ko‘rib chiqiladi va muhokama qilinadi. Muallif o‘rganilayotgan muammoni nazariy tahlil qilib, qat’iyatlilik - bu insonning irodaviy sifati bo‘lib, maqsadni amalga oshirishning zarurligi va unga erishish uslublaridan iborat ongli istak ekanligini aniqladi. Jismoniy tarbiya darslari jarayonida yuqori sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlari tahlil qilinib, bu yosh davri qat’iyatlilik tarbiyasi jihatidan sensitiv davr ekanligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, muallif yuqori sinf o‘quvchilarining jismoniy tarbiya darslariga bo‘lgan qiziqishi past darajada ekanligini aniqladi, bu esa jismoniy va shaxsiy rivojlanishning to‘sqinligiga olib keladi. Muallif umumta'lim maktablari o‘quvchilarining qat’iyatliligini tarbiyalashga qaratilgan pedagogik shartlar, mazmuni, turlari va usullaridan foydalanish ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga olib kelishiga alohida urg’u beradi.