Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

ADABIY MATNLARNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Isayeva Shoira BaltabayevnaNorgitova Shahrizoda Sherzod qiziO`zga tilli guruhlarda o`zbek tili ta`limi kafedrasi 1-kurs talabasi O`zbek tili ta`limi fakulteti talabasi
ABI

Annotatsiya

Adabiyot darslarini tashkil etishda yosh avlodni ezgu maʼnaviyatli shaxs sifatida shakllantirish uchun taʼlimning bir necha tamoyillari yetakchilik qiladi. Anʼanaviy taʼlimda darslarning hayot bilan aloqadorligini taʼminlash o‘qituvchining vazifasi hisoblanadi. O‘quvchining maʼnaviy kamolotiga qaratilgan darslarda hayotiy hodisalar asosida fanning tushuncha va qonuniyatlarini ularning o‘zlari o‘zlashtiradilar, nazariyadan yana hayotga qaytadilar. O‘qituvchi yo‘naltiruvchi savol-topshiriqlari va vazifalari bilan bu jarayonga rahbarlik qiladi. O‘quvchilar o‘zlari topgan ilmiy va hayotiy haqiqatlarga hurmat bilan qaraydilar. Nazariy tushunchalar mavjud borliqni anglash yo‘li bilan tiniqlashadi va chuqurlashadi. O‘quvchilar adabiy qahramonlar shaxsi va asarda ifodalangan narsa-hodisalarni tahlil qilish bilan o‘zlari hayotda duch kelishlari mumkin bo‘lgan har xil hodisalarning asosini topishga o‘rganadilar.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba