GLOBALLASHUV SHAROITIDA ISLOM BANK KAPITALI XALQARO BOZORINING RIVOJLANISHI VA UNI MAMLAKATIZMDAGI ISTIQBOLI
Annotatsiya
Bugun Jahon iqtisodiyotining rivojlanishida Islomiy moliya aktivlarining ulushi yanada ortib bormoqda . Buning asosiy sabablaridan biri esa uning daromadlari yiliga 15 -20% va aktivlari esa 20 % ga oshib borayotganidir. Yurtimizda Islomiy moliyalashtirish bo`yicha hamkorlik aloqalari 2004 yilda yo`lga qo`yilgan. Ushbu yilda O`zbekiston Islom Taraqqiyot Bankiga a`zo bo`ldi va buning natijasida ko`pgina loyihalarda kreditlar ajratildi. Islom davlatlaridagi mavjud islomiy moliyalashtirishga asoslangan banklar , investitsiya loyihalari , fond mablag`lari va kompaniyalarning mablag`larini yurtimizda ijtimoiy – iqtisodiy , ta`lim , xususiy sektorni qo`llab – quvvatlash , va boshqa ko`plab sohalarning rivojlanishida qo`llashimiz albatta yurtimiz uchun manfaatli bo`ladi. Albatta bunday maqsadlarga erishish uchun O`zbekiston ham bank tizimida islomiy moliya vositalarini tatbiq etishga qaratilgan bank islohotlarini amalga oshirishi kerak. Ya`ni an`anaviy moliyalashtirish mehanizmlari bilan bir qatorda sherikchilikka asoslangan islomiy moliyalashtirish mehanizmlarini ham joriy etishi kerak.