ASOSIY VOSITALARINI IJARAGA OLISH HISOBI
Annotatsiya
Tarixchilarning ma’lumotiga ko’ra, ijara (lizing) kelishuvlari haqida birinchi bor
1066 yillardagi tarixiy asarlarda ma’lumotlar keltirilgan. Unga ko’ra, Vilgelm Britaniya
orollarini egallash uchun Normandiyaliklardan kemalarni lizingga olgan. Ushbu tarixiy
tajribalar asosida ikki asrdan so’ng, 1248 yilda birinchi rasmiy lizing kelishuvi ro’yxatga
olindi, salibdorlar navbatdagi yurishga tayyorlanish asnosida shu yo’l bilan harbiy qurolaslaha va kiyim-kechakka ega bo’lganlar. “Lizing” atamasi inglizcha “to lease” so’zidan olingan
bo’lib “ijaraga olish” degan ma’noni bildiradi. Mazkur atamani iktisodiy muoamalaga kirib
kelishi, “Bell” telefon kompaniyasi bilan bog’liq. Ushbu kompaniyaning rahbariyati 1877 yilda
o’zining telefon apparatlarini sotmasdan, lizingga berish haqida qaror qabul qilgan edi.
Ammo, asosiy faoliyatini lizing operatsiyalari tashkil etuvchi birinchi kompaniya 1952 yilda
Amerika Qo’shma Shtatlarida tashkil etilgan “United States leasing Corporation” kompaniyasi
hisoblanadi.