AMARANTHUS O'SIMLIGINING XUSUSIYATLARI VA AHAMIYATI
Annotatsiya
Amarant (Amaranthus L.) – bir yillik o‘simlik hisoblanadi. Odatda O‘zbekiston sharoitida manzarali gul sifatida qo‘llanib kelingan va hozirgacha gultojixo‘roz nomi bilan pastak bo‘yli navlari mahalliy xalq tomonidan o‘stirib kelinmoqda (1-rasm). Ammo mavjud mahalliy navlarining juda ko‘pchiligi asosan manzarali gullar shaklida o‘stirib kelinayotganligi va ularning past bo‘yli urug‘ berishga moslashmaganligi hamda hosil qiladigan biomassasining kamligi sababli ularni plantatsiya shaklida ko‘paytirishga monelik qiladi. Shu boisdan amarant (Amaranthus L.)ning mahalliy navlarini kengroq o‘rganish, xorijda keng ko‘lamda qo‘llanib kelinayotgan navlarini mahalliy sharoitga introduktsiya qilish muhim ahamiyat kasb etadi.