Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

ANA’NAVIY TERMINOLOGIYA MAKTABLARI

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada terminologiyaning fan sifatida shakllanish bosqichlari, ana’anaviy terminologiya maktablari, ularning farqli jihatlari haqida so‘z yuritilgan. Terminologiyaga turli-tuman maktab, ilmiy yo‘nalish va aniq fikrlarga xos kategorial apparatni ifodalovchi, terminlar sistemasiga birlashgan maxsus tushunchalar yig‘indisi, majmui tarzida qaraladi. Har bir tildagi ilmiy-texnikaviy terminlar lingvistik nuqtayi nazardan olib qaralsa, ushbu terminlar tilning terminologik tizimlaridan birini tashkil etadi. Terminologiya bitta yoki bir nechta tillarda maxsus sohaga oid leksik birliklarni, ya’ni terminlarni to‘plash, ta’riflash, shakllantirish hamda taqdim etishni o‘rganuvchi fan sifatida talqin qilish mumkin. Bundan tashqari maqolada ma’lum bir fan sohasi terminologiyasining aniqligi va tartibliligi o‘sha millatning ta’lim, ilm-fan madaniyati darajasini ko‘rsatishda xizmat qilishi ta’kidlangan.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar