ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNING AMERIKA YOSHLAR SLENGIGA TA'SIRI
Annotatsiya
<em>Ma’lumki, 21-asr “Texnologiyalar asri” deb nom oldi. Hayotning barcha sohalarida texnologiyalarni, ularning egallagan o’rni, ta’siri va samarasini ko’rish mumkin. Bu texnologiyalar, gadjetlar nafaqat hayotimizga, balki nutqimizga, tilimizdagi ba’zi so’zlarni o’zgarishiga ham ta’sir etmoqda. Ushbu maqola amerika yoshlar slengiga bag’ishlangan bo’lib, hozirgi kunda zamonaviy texnologiyalarning til rivojlanishiga ta’sirini ochib berishga harakat qilingan. Maqolada yoshlar muloqotida internet, ijtimoiy tarmoqlar, onlayn o’yinlar va sms-xabarlarning o’rni, ularning yoshlar slengiga ta’siri o’rganilgan. Yoshlar orasida internet bilan bog’liq bo’lgan slenglar qay tarzda ommaviylashuvi haqida so’z yuritilgan.</em>