Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

Basalt armaturasi xozirgi kunda xavfsizlik, qulaylik va innovatsiyon yechimga ega bo'lgan maxsulot

ABI

Annotatsiya

Basalt armaturasi xozirgi kunda xavfsizlik, qulaylik va innovatsiyon yechimga ega bo’lgan maxsulot Qo’ldoshev Ne’matilla Hikmatilla o’g’li Sirdaryo tumani kasb-hunar maktabi o’qituvchisi tel:+998916225358 email:[email protected] Abdualiyev Elyorbek Begali o’g’li Toshkent davlat transport universiteti doktaranti tel:+998998379118 email:[email protected] Annotasiya: Hozirgi kunda aholini arzon turar joy bilan ta'minlash, ijtimoiy soha ob'ektlari, noturar va aholi turar joylari uchun sifatli, arzon, yangi turdagi qurilish materiallariga talab va taklif tobora ortib bormoqda. Bunyodkorlik ishlari va qurilish materiallari tashkil etishi, zamonaviy me'morchilik yangi, sifatli, arzon, engil va zilzilabardosh, innovatsion mahsulotlarni talab qilishi inobatga olgan xolda basalt armaturasiga va u bilan bog’liq bo’lgan maxsulotlarga bo’lgan talabni otib borishi xaqida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so’zlar: qurilish materiallari, mahsulotlar, ishlab chiqarish, sifatli, arzon, engil maxsulotlar, basalt armatura. Kirish. Respublikamizda hozirgi kunda raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish bo'yicha barqaror o'sish sur'atlarini ta'minlash, shuningdek, qurilish materiallari sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan tarkibiy o'zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bunda tarmoqni jadal rivojlantirish va diversifikatsiya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mahalliy mineral xomashyo resurslarini qayta ishlashga investitsiyalarni jalb qilish va qurilish materiallarini eksport qilish hajmlarini oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Hozirgi kunda aholini arzon turar joy bilan ta'minlash, ijtimoiy soha ob'ektlari, noturar va aholi turar joylari uchun sifatli, arzon, yangi turdagi qurilish materiallariga talab va taklif tobora ortib bormoqda. Bunyodkorlik ishlari qiymatining 55-60 foizini qurilish materiallari tashkil etishi, zamonaviy me'morchilik yangi, sifatli, arzon, engil va zilzilabardosh, innovatsion mahsulotlarni talab qilishi inobatga olinsa, qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasi taraqqiyoti va ahamiyatini his qilish, anglash qiyin emas. Xususan, hozirgi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko'lamdagi qurilish va bunyodkorlik ishlari qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishni taqozo qilmoqda. Respublikada qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida 2019 yil 20 fevralda O'zbekiston Prezidentining “Qurilish materiallari sanoatini tubdan takomillashtirish va kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi hamda 2019 yil 23 mayda “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori qabul qilindi, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish bo'yicha barqaror o'sish sur'atlarini ta'minlash, shuningdek, korxonalarni modernizasiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan qurilish materiallari sanoatidagi tarkibiy o'zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish uchun “O'zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tashkil etildi. Uyushma huzurida Qurilish materiallari sanoati ilmiy-texnikaviy kengashi tuzilib, uning asosiy vazifalari belgilab berildi. Ta'kidlash joizki, hozirgi kunda ilmiy fao­liyatga oid davlat dasturlari doirasida qurilish materiallari yo'nalishi bo'yicha umumiy qiymati 16,2 milliard so'mdan iborat 34 ta ilmiy-tadqiqot, innovasion va startap loyiha amalga oshirilmoqda. 2019-2020 yillarda uyushma huzuridagi Ilmiy-texnikaviy kengashda ko'rib chiqish uchun 10 ta yo'nalish bo'yicha jami 42 ta innovasion loyiha taqdim etilgan. O'tgan davr, ya'ni 2019-2020 yillarda qurilish materiallari sanoati sohasidagi tub islohotlar natijasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan yangi turdagi innovasion, eksportbop va import o'rnini bosuvchi qurilish materiallari —gazoblok, penoblok, polistrolblok, kompozit (asbestsiz) shifer, o'tga chidamli g'isht, yumshoq tom yopqich materiallari, izolyasiyalash materiallari va mahsulotlari (bazal`tli, mineralli, toshdan olingan), bazaltdan armatura, tola, to'r, frita (kafellarga rang berishda ishlatiladigan xomashyo), geomembrana, bentonit mat (to'shama), geoto'r, geopanjara va geokompozit kabi mahsulotlarni ishlab chiqarish o'zlashtirildi[1,2,3,4]. Bundan ko’rinib turibdiki xozirgi kunda bazaltdan olinadigan maxsulotlarga bir qancha talab oshganini ko’rishimiz mumkin. Bu borada bazalt armaturasika oxirgi uch yil davomida kata e’tibor qaratilayotganini takidlash joizdir. Bazalt armaturasi zamonaviy qurilishda faol qo‘llaniladi va noyob xususiyatlarga ega – po‘lat armaturasiga nisbatan 4 barobar yengil va 3 marotaba mustahkam. Bazalt armaturasi namni o‘ziga tortmaydi, zanglamaydi, elektr tokini o‘tkazmaydi va issiqlik o‘tkazish qobiliyati nihoyat past[5]. Bazalt – shu turdagi materiallar orasida eng ekologik xavfsiz, u montaj qilishda yetarli darajada oson va narxi arzon. Bazalt tolasi bazalt, bazanit, gabrodiabaz kabi tabiiy minerallarni va ularning aralashmalarini eritish yo‘li bilan olinadigan to‘la ma'nodagi tabiiy material xisoblanadi va u 1-rasmda keltirilgan. 1-rasm. Basalt armaturasi va undan foydalanish yo’llari [6]. Bazalt armaturaning afzalliklari: Kompozit armaturali qurilma zanglamaydi, beton qorishmalarining ishqorli muhitlariga bardoshli. Tolalar tuzli va kislota qorishmalariga barqaror. Texnik xususiyatlari uzoq muddat ichida saqlanadi. Bazalt-kompozit material magnitga nisbatan inert, magnit unga ta'sir etmaydi, xususiyatlarini o‘zgartirmaydi, elektr tokini o‘tkazmaydi. Bazalt-kompozitdan ishlangan buyum butun ishlatish muddatida o‘zining boshlang‘ich o‘lchamlarini saqlab qoladi, past haroratlar ta'sirida xususiyatlarini o‘zgartirmaydi. Po‘lat armaturadan farqli o‘laroq issiqlik o‘tkazish qobiliyati past. Agar devorda bazalt materiali ishlatilgan bo‘lsa, bu faqat qurilmaning mustahkamligini oshiradi. Issiqlik binoni tark etmaydi, ihota qiluvchi konstruksiyalar orqali o‘tib ketmaydi. Bizning armaturani montaj jarayonida sizga professional payvandlovchi va katta miqdorda elektr quvvatini sarf etadigan payvandlash apparati kerak bo‘lmaydi. Bazalt tolasidan ishlangan armaturaning mustahkamligi va egiluvchanligi tufayli uni o‘rama qilib kichkina avtomobillarda tashish mumkin va bu sizga katta yuk mashinalarining ijarasida tejamkorlik qilishga imkon beradi. Xulosa. Yuqoridagilardan shuni xulosa qilishimiz mumkinki basalt armaturasiga bo’lgan talablarni oshishi va qurilish-montaj ishlarida va kombinatsiyalashtirilgan maxsulotlarda ishlatilishi jixatidan eng yaxshi maxsulotlar qatoriga kiritishimiz mumkin bo’ladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1.https://yuz.uz/uz/news/yangi-turdagi-qurilish-materiallari-amaldagi-holat-mavjud-ilmiy-salohiyat-va-istiqboldagi-rejalar?view=biotexnologik-osimlik-navlarixalq-salomatligi-va-iqtisodiy-barqarorlik-kafolati 2. Abdualiyev, E. B., & Mirxanova, M. M. (2022). STUDIES OF THE INFLUENCE OF CULVERTS ON THE UPPER STRUCTURE OF THE PATH. Results of National Scientific Research International Journal, 1(9), 479-483. 3. Abdualiyev, E., Mirzahidova, O., & Uralov, A. (2021). ELIMINATION OF IMPULSE IRREGULARITIES ON THE RAIL HEAD WITH THE HELP OF GRINDING. Academic research in educational sciences, 2(2), 1220-1225. 4. Abdualiev, E. B., Khamidov, M. K., & Eshonov, F. F. (2022). STUDIES OF THE INFLUENCE OF CULVERTS ON THE UPPER STRUCTURE OF THE TRACK ON THE SECTIONS OF HIGH-SPEED AND HIGH-SPEED TRAIN TRAFFIC OF JSC" UZBEKISTON TEMIR YO′ LLARI". Results of National Scientific Research International Journal, 1(9), 484-488. 5. Абдуалиев, Э. Б., Хамидов, М. К., & ўғли Умаралиев, Ш. М. (2022, December). ИССЛЕДОВАНИЯ ВЛИЯНИЯ ВОДОПРОПУСКНЫХ ТРУБ НА ВЕРХНЕЕ СТРОЕНИЕ ПУТИ. In INTERNATIONAL CONFERENCE: PROBLEMS AND SCIENTIFIC SOLUTIONS. (Vol. 1, No. 7, pp. 141-144). 6. https://kun.uz/uz/news/2018/08/13/basalt-innovacialar-havfsizlik-kulajlik

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba
Koʻrsatkichlar — AkademScholar · Tez orada