"FARHOD VA SHIRIN" DOSTONINI O'QITISHGA DOIR MULOHAZALAR
Annotatsiya
<em>Bugungi kunda Alisher Navoiy merosining maktabda qay darajada o‘qitilayotganligi juda muhim sanaladi. Uning asarlari yosh avlod uchun ta’limiy tarbiyaviy ahamiyatga ega. Shoirning merosini umumta’lim bosqichlarida o‘qitish biroz muammoli masala. Bizga ma’lumki mumtoz matnning o‘ziga xos xususiyatlari uni mustaqil o‘qib tushunishga to‘sqinlik qiladi. Bundan tashqari, xususan, Navoiy asarlarida payg‘ambarlar, tarixiy shaxslar, geografik joy nomlari, qadimiy afsona va rivoyatlar bilan bog‘liq voqealarga urg‘u beriladi. Shunday ekan shoirning asarlarini sharhsiz tushunish qiyin. Biz maqolada mutafakkirning “Farhod va Shirin” dostonini maktabda sharhlab o‘qitish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarimizni bildirib o‘tganmiz. Asar tahlili o‘quv soatlarida, dostonni sharhlab tushuntirish uchun “Angla”, “Idrok xaritasi”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Suhbat”, “Xarita” metodlaridan qanday foydalanish yo‘l-yo‘riqlari ko‘rsatib o‘tilgan.</em>