Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

BOLALARDA KUYGANDAN KEYINGI YELKA VA TIRSAK BO‘G‘IMI CHANDIQLI KONTRAKTURALARINI BARTARAF ETISHDA ERKIN BUT TERI PLASTIKASINING AFZALLIKLARI.

ABI

Annotatsiya

Bolalarda termik kuyish xolatlari kattalarga nisbatan yuqori ko‘rsatkichlarga ega. Bu albatda bolalarni extiyotsizlik darajasi yuqoriligiga bog‘liq bo‘ladi. Fan va texnikani rivojlanishi termik kuyishlardan aziyat chekayotgan bolalar sonini barqaror ravishda o‘stirmoqda. Tibbiyotning rivojlanishi og‘ir termik kuyish bilan og‘rigan bemor bolalarni o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirsada, bu kuyishdan keyingi asoratlar tufayli yuzaga keladigan nogironlik sonini ko‘payishi bilan bog‘liq muammolarni hal qila olmayapti. Termik kuyishlar bilan og‘rigan bemor bolalarda 20-22% hollarda kuyishdan keyingi asoratlar rivojlanmoqda. Ishning maqsadi: bolalarda kuyish oqibatida yelka va tirsak bo‘g‘imlari chandiqli kontrakturalarini bartaraf etish natijalarini yaxshilash. Materiallar va tadqiqot usullari: Maqolada 2019-2022-yillarda Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining Yuz-jag‘ va plastik jarrohlik bo‘limida yelka va tirsak bo‘g‘imlari kuyishi oqibatidagi asoratlar bilan 72 nafar bemor bolalarning operatsiyadan keyingi natijalari o‘rganildi. Natijalar va muhokamalar: yelka va tirsak bo‘g‘imi kuygandan keyingi chandiqli kontrakturalarini bartaraf etishda 25 nafar bemor bolalarda an’anaviy bo‘lgan dermatom yordamida shilib olinadigan teri plastikasi usuli qo‘llanildi. Natijalar 3 oydan 6 oygacha bo‘lgan muddat oralig‘ida muhokama qilindi. Bunda 21 (84%) nafar bemorda yaxshi funksional va kosmetik natijalarga erishildi. Yelka va tirsak bo‘g‘imi kuygandan keyingi chandiqli kontrakturalarini bartaraf etishda 47 nafar bemor bolalarda biz tadbiq etayotgan erkin but teri yordamida bartaraf etish jarrohlik usuli qo‘llanildi va 45 (96%) nafar bemorda yaxshi funksional va kosmetik natijalarga erishildi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar