TIL O'RGANISHDA O'QISH VA YOZISH SAVODXONLIK SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO'LLARI
Annotatsiya
<em>Hozirgi kunda o’quvchilar ingliz tilini o’rganish jarayonlarida ba’zi qiyinchiliklarga duch keladilar. Ulardan biri o’qish va yozish ko’nikmalari. Negaki ingliz tilida qanday yozilsa shunday o’qilavermaydi, qanday aytilsa shunday yozilavermaydi. Buning uchun o’quvchida o’qish va yozish savodxonlgi a’lo darajada bo’lishi lozim. Ammo ravon o‘qish va xatosiz yozish o‘quvchilar uchun ba’zida murakkab vaziyat. Bundan kelib chiqadiki dars jarayonida o’qituvchi o’quvchilar bilan samarali mashg’ulotlar olib borishi lozim. Jumladan, diktant, ertaklar yoki turli hikoyalar o’qish va xatolar ustida ishlash. Biroq ta’lim muassasalarida bu kabi mashg’ulotlar kam olib borilgani uchun biz kutgan natijani beravermaydi. </em> <em>Tadqiqotchilar o‘qish va yozish strategiyalarini o‘rgatish o‘quvchilarni tushunishni rivojlantirishning asosiy elementi ekanligini aniqladilar. Shuning uchun o'qituvchilar samarali tushunish strategiyalarini qanday ishlab chiqish va bu strategiyalarni o'z o'quvchilariga qanday o'rgatish bo'yicha tayyor bo'lishlari kerak.[1]</em>