ELEKTR MOTORLARNING TEXNIK HOLATINI DIAGNOSTIKA QILISHNING MAVJUD USULLARINI TAHLIL QILISH HAMDA ULARNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Annotatsiya
Ushbu maqolada sa’noat korxonalaridagi elektr texnologik qurilmalarning ishchi mexanizmlarini harakatga keltiruvchi katta quvvatli sinxron motorlarning texnik holatini diagnostika qilishning mavjud usullari taxlil qilingan hamda ularni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqilgan. Bugungi kunda elektr motorlarning texnik holatini diagnostika qilish usullarini takomillashtirish ularning rivojlantirish istiqbollari uchun tizim ishlab chiqish ayni vaqtda Respublikamiz sanoat va konchilik korxonalaridagi elektr texnologik qurilmalarning ishchi mexanizmlarini harakatga keltiruvchi katta quvvatli sinxron motorlarning ish jarayonida sodir bo‘ladigan muammolarning yechimi uchun dolzarb hisoblanadi. Shuningdek elektr motorlarning ishlash sikli davomida ularning o‘tkinchi jarayonlari asosida hamda mexanik qismlari bilan bog‘liq bo‘lgan diagnostika qilish usullari taxlil qilinib,mavjud usullarni rivojlantirish maqsadida bir nechta takliflar berilgan. Natijada elektr motorlarning ish jarayonlarini muntazam ravishda nazorat qilib, texnik holatini keng diapazonda yangi zamonaviy qurilmalardan foydalangan holda diagnostika qilish kerakligi asoslab berilgan.