LABORATORY AND INDUSTRIAL RESEARCH INCREASING THE PERMEABILITY OF THE URANIUM FORM BY IMPACT OF ELECTRIC CURRENT AT UNDERGROUND LEACHING
Annotatsiya
Maqolada uranni sorbsiya jarayonida kremniy birikmalarini paydo bo‘lishi va uni ekstraksiyalash jarayonlariga ta’siri hamda uni yo‘qotish usullari keltirilgan. Produktiv eritmalarda kremniy birikmalarining miqdori 0,1-0,5 g/l ni tashkil qiladi. Kremniy birikmalari kuchli asosli anion almashtirgichlarda (AMP) sorblanadi, uran bilan bir qatorda pH=1-3 da 1,5 g/l kremniy mavjud. Uran bo‘yicha to‘yingan anionitlardagi kremniy birikmalarining tarkibi 17,5 kg/t ni tashkil qiladi, bu uran desorbsiyasi va tayyor mahsulot ishlab chiqarish jarayonida uran tarkibli cho‘kmaning ajralishiga olib keladi. Ushbu cho‘kmalarda 35-58% gacha uran, 5-6% fosfor va kremniy mavjud. Ushbu cho‘kmalarda katta miqdordagi uran tayyor mahsulotlar sexiga uranni qaytarish bilan ularni qayta ishlash zarurligini keltirib chiqaradi. Uranni ekstraksiyalash jarayonida organik fazaning mayda dispers globulalari yuzasida adsorbsiyalangan silikat kislotani α – ko‘rinishidagi kondensatsiyali polimerlanishi natijasida hosil bo‘lgan kremnѐiy tarkibli birikmalar yetarlicha kuchli strukturaviy va mexanik to‘siqni hosil qiladi, bu ekstragent tomchilarini ularning to‘qnashuviga to‘sqinlik qiladi va deyarli qatlamlarga ajratilmagan emulsiyalarning barqarorligini keltirib chiqaradi.