Pensilvaniya shumtoli (Fraxinus pennsylvanica Marsh.) tur va shakllarining bioekologik xususiyatlari, manzaraviyligi va ko'chatlarini yetishtirish
Annotatsiya
Hozirgi davrga kelib dunyo miqyosida aholi yashash joylarni ko‘kalamzorlashtirish va yashil hududlarni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘plab dasturlar ishlab chiqilmoqda va bu sohaga qiziqish ortib bormoqda. Shu sababli ham hozirgi kunga qadar manzarali o‘simliklar assortimentini turli iqlim-tuproq sharoiti uchun mos bo‘lgan tur, nav hamda shakllarini tanlab ko‘kalamzorlashtirishga qo‘llash bo‘yicha ko‘plab ilmiy va amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Buning sababi esa o‘simlik dunyosi birinchi navbatda ekologiyaga va inson salomatligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lumki, shaharda ko‘kalamzorlashtirilgan hudud me’yori 1 nafar aholi soniga 50 m2 bo‘lib, 40-60% gacha yashil hududli shahar na’munali, 10% dan kam o‘simlik bilan qoplangan shaharlar esa salbiy ekologik muhitli hisoblanadi