Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

MAHALLIY SUT ACHITUVCHI BAKTERIYALARNING ANTIMIKROB VA BAKTERIOSINOGEN FAOLLIGINI TADQIQ ETISH

2023uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada laktobakteriya shtammlarining shartli-patogen izolyatlarga nisbatan antimikrob hamda bakteriotsinogen faolligi bo'yicha tadqiqot natijalari keltirilgan. Mahalliy sut mahsulotlari va ona suti bilan oziqlanadigan chaqaloqlarning ahlat na'munasidan sut achituvchi 28 ta bakteriyalar ajratildi va antimikrob faolikka skrining qilindi, ularning probiotik xususiyatlari o'rganildi. Аjratilgan sut achituvchi bakteriyalarning 28 ta izolyatlaridan 7 ta shtamm tanlab olindi. Tanlangan shtammlar klinik izolatlarga nisbatan yuqori mikroblarga qarshi faol zona namoyon etdi. Sut achituvchi bakteriyalar orasidan Weissella cibaria WC-1, Weissella cibaria WC-2, Weissella viridescens WV hamda Lactobacillus plantarum C-2 shtammlarini Bacillus subtilis bakteriyasiga nisbatan bakteriotsinogen moddasi mavjudligi aniqlandi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba