Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

VALERIANA OFFICINALIS L. (CAPRIFOLIACEAE JUSS.) NING LABORATORIYA SHAROTIDA URUG‘ UNUVCHANLIGI

2023uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada Toshkent Botanika bog‘iga introduksiya qilingan bir yillik dorivor о‘simlik – Valeriana officinalis L. urug‘larining uch xil sharoitda unuvchanligi, unishi uchun eng qulay harorat hamda unish energiyasi tо‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan. Laboratoriya sharoitida Valeriana officinalis urug‘larining unuvchanligi bo‘yicha olib borilgan tajribalarimizdan ma’lum bo‘ldiki, ushbu tur uchun laboratoriya sharoitida eng qulay harorat +3 + 5 0C (muzlatkich kamerasi) ni tashkil etdi. Bunda turning urug‘ unuvchanligi o‘rtacha 32 % ni, o‘sish energiyasi esa 10 % ni tashkil etdi. Xona haroratida urug‘ unuvchanligi 20 % gacha yetganligi uning kelgusida ochiq dala sharoitida ham tajribalar о‘tkazish mumkinligini kо‘rsatadi. Ochiq dala sharoitida tajribalar olib borish uchun turning biologik xususiyatlaridan kelib chiqib, tuproq-iqlim sharoitlarini tanlash lozim, ya’ni kuchli shо‘rlanmagan, tuproq unumdorligi yuqori bо‘lgan yarimsoya maydonlarda tajribalar olib borish tavsiya etilgan.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba