Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

OROLBO'YI SUG'ORILADIGAN O'TLOQI ALLYUVIAL TUPROQLARINING FIZIK XOSSALARI (NUKUS TUMANI TUPROQLARI MISOLIDA)

ABI

Annotatsiya

Maqolada Nukus tumani sug‘oriladigan tuproqlarining fizik xossalaridan: tuproqning hajm og‘irligi, solishtirma og’irligi va tuproqning g‘ovakliklari haqida ma’lumotlar berilgan. Bunda oldindan belgilanga kalit maydonlarida kesmalar qazilib qatlamlar bo’yicha tuproqning fizik xususyatlarini aniqlash uchun tsilindr yordamida tuproq namunalari olinib, laboratoriya sharoitida hajm og’irligi Kachinskiy metodi bo‘yicha [5], solishtirma og‘irlik piknometr yordamida tekshirildi va tuproqning g‘ovakligi hisoblash orqali amalga oshirildi. Orolbo‘yi sug‘oriladigan tuproqlarining umumiy fizik xossalari degradatsiya jarayonlari ta’sirida o’zgarganligi kuzatilib, bu esa tuproq unumdorligiga va agronomik xususiyatlariga ta’sir etadi. Nukus tumani sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuvial tuproqlarining barcha kesmalari haydov qatlamida solishtirma og‘irligi 2,62-2,68 g/sm3 gacha va haydov ostki qatlamlarida 2,64-2,70 g/sm3 gacha ekanligi aniqlandi, pastki qatlamlarda 2,70-2,73 g/sm3 atrofida ekanligi aniqlandi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba