Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARI NUTQIDA LEKSIK SINONIMLARNI FAOLLASHTIRISH BOSQICHLARI

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada sinonimiya tushunchasi va uning mazmunini o‘rganish, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari duch kelishi mumkin bo‘lgan nutqiy vaziyatlarda sinonim so‘zlardan o‘rinli foydalanish ko‘nikmalari, uning rivojlanib borishi ta’kidlanadi. Sinonim so‘zlarni boshlang‘ich ta’lim jarayonida kichik yoshdagi o‘quvchilarga bosqichma-bosqich o‘rgatish usullari, sinonim so‘zni o‘quvchilar nutqida faollashtirishda darsliklardan foydalanish hamda ona tilidagi sinonimiya hodisasini o‘zlashtirish darajasini oshirib borishi haqida so‘z yuritiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga sinonimiya tushunchasi haqidagi ma’lumotlarni berishning miqdori tushunchaning o‘ziga xos xususiyatiga, uning lisoniy tabiatiga, ma’lum bir funktsional uslubda qo‘llanish darajasiga, shuningdek, o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga bog‘liq. O‘quvchilar nutqida leksik sinonimllarni faollashtirish bo‘yicha ularga zaruriy ma’lumotlarni yetkazishda boshlang‘ich sinflar uchun ona tili darliklariga sinonimiyaga oid nazariy ma’lumotlarni batafsilroq kiritish samaraliroq bo‘ladi. Kichik yoshdagi o‘quvchilarga induktiv usulda yangi tushunchalarni o‘rgatish ularni faol bilish jarayonida sodir bo‘lishi bilan samaralidir.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba