Turli yoshdagi bemorlarda o‘tkir subdural gematomalar kechishining o‘ziga xosligi
Annotatsiya
Ushbu maqolada bosh miyaning travmatik shikastlanishlarida o‘lim ko‘rsatkichi, ekstraserebral patologiyalar bilan bog‘liq bo‘lmagan holda, yosh katta bo‘lishi bilan ortishi, subdural gematomalar katta yoshdagi odamlarda tez-tez uchrashi haqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, 18 yoshdan 97 yoshgacha bo‘lgan o‘tkir miya shikastlanishi bilan og‘rigan 53 nafar bemorning bosh miya komputer tomografiyasi natijalariga ko‘ra, turli yosh guruhlarida subdural gematomalarning lokalizatsiyasi, shakli va tuzilishida sezilarli farqlar aniqlangan bo‘lib, o‘tkir subdural gematomaning geterogen tuzilishi travmatik miya shikastlanishining oqibatlari uchun manfiy prognostik omil bo‘lishi to‘g‘risida fikrlar ilgari surilgan.