MAMLAKAT YALPI ICHKI MAHSULOTIGA SOLIQ TURLARINING TA’SIRI
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining yalpi ichki mahsulotiga ba’zi soliq turlarining ta’sirini o‘rganish jarayoni tatbiq etildi. Tadqiqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad qilib, yalpi ichki mahsulotga soliqlarning ta’siri qandayligini o‘rganishdir, ya’ni YaIMga bu soliq turlari to‘g‘ri yoki teskari proporsional bog‘langanligini aniqlash. Bu ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasining rasmiy statistika qo‘mitasi sayti hamda Open byudjet saytining ikkilamchi ma’lumotlar bazasidan 2015-yildan 2022-yilgacha bo‘lgan yillik statistik ma’lumotlar olindi. Tahlil qilish jarayonida korrelyatsiyon va regressiyon tahlillardan foydalanildi. Korrelyatsiyon tahlil jarayonida yalpi ichki mahsulot bilan soliqlar o‘rtasida kuchli bog‘lanish mavjudligi aniqlandi. Shuningdek, ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi xususiy bog‘lanishlar kuchli. Regressiyon tahlil jarayonida bir nechta modellar, linear model, log-linear model, linear-log modeli va log-log modellari ichidan eng yaxshi natijaga ega bo‘lganligi uchun log-log modeli tanlandi. Bu modelning barcha parametrlari qiymatlari t-student testi bo‘yicha ishonchli chiqdi. Modelning haqiqiy modelga yaqinligi 0,9999 ga teng bo‘lib, prognozlash 99,9 % yaqinligini bildiradi. Shuningdek, YaIM o‘sishiga foyda, QQS, aksiz va mulk soliqlari 99,9 % yalpi ichki mahsulotning o‘sishiga ijobiy ta’sir qiladi. Regressiya modelining elastiklik koeffitsiyenti ham topilib, yalpi ichki mahsulotning o‘sishiga foyda solig‘i, aksiz solig‘i va mulk solig‘ining 1 % o‘sishi ijobiy, QQS ning 1 % ga o‘sishi esa salbiy ta’sir qilishi aniqlandi. Gistogrammada qoldiqlarimiz deyarli normal joylashgan. Regressiya modelimiz qoldiqlarida Durbin-Uotson testi bo‘yicha avtokorrelyatsiya aniqlanmadi. Avtokorrelyatsiya bo‘yicha yana Breusch-Godfrey testi ham o‘tkazildi, qoldiqlarda avtokorrelyatsiya aniqlanmadi. Hisoblangan log-log modeli grafigi haqiqiy model grafigi bitta grafikda aks ettirilganda, log-log modeli grafigi haqiqiy model grafigiga yaqin joylashganligi aniqlandi.