Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

SAYYOHLAR UCHUN YOVVOYI TABIAT FAROVONLIGINI OSHIRISHDA MARKETINGDAN FOYDALANISH

Umarov Omonjon Muxammad oʻgʻliQoʻqon universiteti Xalqaro turizm va iqtisodiyot kafedrasi oʻqituvchisiMurodova Yoqutxon Alisher qiziQoʻqon universiteti “Mehmonxona va turizmni boshqarish” yoʻnalishi 3-bosqich talabasi
ABI

Annotatsiya

Jahon banki ma’lumotlariga koʻra, yovvoyi tabiatning noqonuniy savdosi, baliq ovlash va daraxt kesish kabilar global miqyosda yiliga 1-2 trillion dollarni tashkil qilib kelmoqda. Avvalgi oʻtkazilgan va oʻrganilgan tadqiqotlar turizmda yovvoyi tabiat farovonligiga intilish muhimligini ta’kidlagan. Negaki, yovvoyi tabiat bu turizmning asosiy ajralmas boʻlaklaridan biri ekanligi barchaga ma’lum. Bundan tashqari, bir nechta turli tashkilotlar, shu jumladan notijorat, tijorat turizm korxonalari va davlat tashkilotlari ham sayyohlarga qaratilgan yovvoyi tabiatni muhofaza qilish boʻyicha marketing harakatlariga jalb qilinishi kerak. Ushbu maqolada aynan shu mavjud muammo boʻyicha oʻtkazilgan taqdiqotlar oʻrganildi, tahlil qilindi, mavjud muammoning turizmga ta’siri hamda ularga marketing orqali berilishi mumkin boʻlgan yechimlar va koʻrilishi kerak hamda mumkin boʻlgan chora-tadbirlar keltirib oʻtildi, shuningdek, qoʻshimcha fikr-mulohazalar asosida yechimlar taklif qilindi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

Koʻrsatkichlar — AkademScholar · Tez orada