TARBIYASI QIYIN O‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISH MASALALARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada ta’lim muassasalarida tarbiyasi qiyin o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish muammolari va yechimlari to‘g‘risidagi fikr va mulohazalar keltirib o‘tilgan. Tadqiqot jarayonida tarbiyasi qiyin o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish mavzusida izlanishlarni amalga oshirgan Sharq va G‘arb olimlari va izlanuvchilarining o‘nlab asarlari hamda tadqiqot ishlarini o‘rganilib chiqildi. Mamlakatimizda o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish masalalari hamda ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Tadqiqotni olib borish uchun so‘rovnoma, test, kasblar tuzilmasi metodi va suhbat usullaridan keng foydalanilgan. Natijalar qismida tadqiqot natijasida kelib chiqqan natijalar, ko‘rsatkichlarni tahlil va muhokama qilindi. Tarbiyasi qiyin o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish masalalariga mazkur maqolada katta e’tibor qaratilindi. Maqola so‘nggida muallif xulosasi va takliflari keltirib o‘tildi.