Kasr tartibli diffuziya tenglamasini sonli yechishning dasturiy vositasini yaratish
Annotatsiya
Mazkur maqolada Riman-Liuvill va Kaputo ma’nosidagi xususiy kasr hosilalar tavsiflari, kasr tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalarning taqribiy yechimlarini olish uchun bir qancha sonli usullar bayon qilingan adabiyotlarning qisqacha tavsiflari keltirib o‘tilgan. Bir jinsli bo‘lmagan Kaputo ma’nosidagi kasr tartibli diffuziya tenglamasini oshkormas hisoblash sxemalariga asoslangan chekli ayirmalar usuli boʻyicha sonli yechishning algoritmi bayon qilingan. Hisoblash algoritmi asosida obyektga yo‘naltirilgan loyihalash usulidan foydalangan holda dasturiy vosita loyihalangan. Loyiha bitta asosiy sinf shaklida ishlab chiqilgan. Sinf loyihasi maxsus digramma ko‘rinishda ifodalangan. Loyiha asosida ishlab chiqilgan dasturiy vositadan foydalanilgan holda Kaputo ma’nosidagi kasr tartibli diffuziya tenglamasining xususiy holi uchun sonli yechimi hosil qilingan. Uch o‘lchamli koordinatalar tizimida sonli yechimlar toʻplami uch o‘lchovli grafik ko‘rinishda tasvirlangan.