Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

AFGʻONISTONDA OʻZBEK TILIDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING BOSHLANISHI

Hasamuddin HAMDARDAlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida tayanch doktoranti
ŬzMU habarlari.journal2024uz
ABI

Annotatsiya

1978- yildan soʻng, rasmiy shaklda Afgʻoniston konstitutsiyasida, oʻzbek xalqining tili va adabiyoti hamda ushbu til rivoji va ravnaqi uchun rasmiyot boʻyicha ba’zi bir madaniy yutuqlar qoʻlga kela boshladi. Ushbu yilning iyul oyidan boshlab oʻzbek tilida “Yulduz” gazetasi, chopdan chiqa boshlab, Afgʻoniston radiosi orqali oʻzbek tilida yarim soatlik vaqt ajratildi, keyin Afgʻoniston Fanlar akademiyasi hamda oʻzbek tili boʻyicha universitetlarda kafedralar ochilishi bilan taʼlim vazirligi bolalar uchun maktablarda ham oʻzbek tilida darsliklar tayyorlash uchun ba’zi bir harakatlar yoʻlga qoʻydi. Shu vaqtlarda, siyosiy-davlat sistemalari mushtarak boʻlgan Afgʻoniston va Sovet Ittifoqi hamda unga qarashli Oʻrta Osiyo mamlakatlari, jumladan Oʻzbekiston va Turkmaniston bilan madaniy aloqalar qurilib, oʻzbek ziyolilari, oliy taʼlim olish uchun ushbu oʻlkalarga joʻnatildi. Shu davrlarda oʻzbek tilidagi “Yulduz” gazetasidan ortiq, shimoliy viloyatlarda bosimdan chiqadigan boshqa gazeta va haftaliklar, jumladan “Foryob” va “Javzijon” gazetalari orqali ham, oʻzbek tili nashriyoti uchun vaqt ajratilar edi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba