Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

O‘ZBEKISTONDA TERI-TANOSIL KASALLIKLARIGA QARSHI KURASH JARAYONI

Lazizbek JomurodovKarshi State University
ABI

Annotatsiya

Jahonning ko‘plab mamlakatlarida teri tanosil kasalliklariga qarshi kurash eng murakkab ijtimoiy muammolardan biri bo‘lib kelgan. Zaxm, so‘zak, moxov, zambro‘g‘li kasalliklar, qichima, ekzema, qutir kabi kasalliklar teri tanosil kasalliklar jumlasiga kiradi. Insoniyatga teri va tanosil kasalliklari kadimdan ma’lum bo‘lib, buyuk tabib Gippokrat teri kasalliklarini bir tizimga soladi va kutir, moxov va boshqa shu turdagi kasalliklar haqida ma’lumotlar beradi. Shuningdek, tib ilmi bilimdoni Abu Ali ibn Sino ham o‘zining «Tib qonunlari» asarida ekzema, qichima va qutir kabi kasalliklarining belgilari va ularni davolash usullari haqida yozadi. XVIII asrda teri-tanosil kasalliklarini o‘rganish bo‘yicha ingliz, fransuz, nemis dermatologiya maktablari paydo bo‘ldi. Teri tanosil kasalliklari O‘rta Osiyoda ham qadimdan mavjud bo‘lib kelgan. Xo‘sh, sovet davrida O‘zbekistonda ushbu kasalliklarning tarqalish davri, dinamikasi, geografiyasi qay ahvolda edi? Ushbu kasalliklarning tarqalishiga ham asosan aholining ijtimoiy maishiy turmush sharoiti, sanitariya madaniyatining yetishmasligi va h.klar jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba