PROFESSIONAL VA TEXNOLOGIK TA’LIM O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA KOMPAS-3D AVTOMATLASHGAN LOYIHALASH TIZIMINI QO‘LLASH
Annotatsiya
Maqolada KOMPAS dasturi kabi amaliy dasturiy paketlardan foydalanish bir qator umumiy muhandislik fanlarini o‘qitish jarayonini takomillashtirish imkonini berishi ko‘rib chiqilgan. Buning uchun muhandislik grafikasi va texnik mexanika fanlari tanlangan bo‘lib, ularni rivojida axborot texnologiyalari fani ham o‘z o‘rniga ega ekanligi keltirib o‘tilgan. Tanlangan fanlar asosida professional ta’lim va texnologik ta’lim o‘qituvchilarini tayyorlashda loyihalash ko‘nikmalarini shakllantirish amalga oshiriladi. KOMPAS dan foydalangan holda o‘quv jarayonini tashkil etishning mazmuni, shakllari va usullaridagi dinamik o‘zgarishlar bo‘lajak professional ta’lim va texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy muhandislik kompetentsiyasini rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratadi, bu ularni raqobatbardosh mutaxassislarga aylantiradi.