Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

O‘ZBEK, RUS VA ISPAN ADABIY TILLARI MATNLARIDA QON-QARINDOSHLIK TERMINLARINING QO‘LLANILISH XUSUSIYATLARI

Dusmamat KulmamatovUzbekistan State World Languages UniversityMehrikhon SAIDKHODJAEVAUzbekistan State World Languages University
ABI

Annotatsiya

aqola o‘zbek, rus va ispan adabiy tillari matnlarida qon-qarindoshlikka oid terminlarning qo‘llanilish xususiyatlarini qiyoslash hamda chog‘ishtirish orqali ularning o‘xshash va farqli tomonlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. O‘rganilayotgan mavzuga tegishli bo‘lgan qator ilmiy ishlar tadqiq qilish yo‘li bilan muallif maqolaning dolzarbligini ochib bergan. Badiiy adabiyot, rasmiy hujjat va leksikografik manbalar asosida: a) qon-qarindoshlik terminlarining o‘zbek tilida kelib chiqishi (etimologiyasi) nuqtayi nazaridan umumturkiycha, forscha-tojikcha, rus tilida – slavyancha, ispan ilida – lotincha ekanligi dalillangan; b) struktur jihatdan qon-qarindoshlik terminlari o‘zbek tilida so‘z birikmalaridan (murakkab qo‘shma otlardan) tashkil topganligi, rus va ispan tillarida ular pristavka yoki suffiks yordamida hosil bo‘lganligi tavsiflangan; v) qon-qarindoshlik terminlari ma’no jihatdan o‘zbek, rus va ispan tillarida o‘xshash; grammatik belgilari (rod kategoriyasining ifodalanishi) bo‘yicha rus va ispan tillarida yaqin, ammo shaklan turli ekanligi (o‘zbek tilida rod kategoriyasining yo‘qligi sababli) ko‘rsatib berilgan. Ta’kidlanganki, bobo, buvа (‘дедушка’, ‘abuelo’), momo, buvi (‘бабушка’, ‘abuela’) (1), katta bobo, buva (‘прадед’, ‘bisabuelo’), katta momo, buvi (‘прабабушка’, ‘bisabuela’) (2), bobokalon (‘прапрадед’, ‘tatarabuelo’), momokalon (‘прапрабабушка’, ‘tatarabuela’) (3) yoshi katta bo‘lishni emas, balki nevara (1), chevara (2), evara (3) ko‘rishni anglatadi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba