UY XO‘JALIKLARI VA OILALARNING UY-JOY BILAN TA’MINLANGANLIK DARAJASI VA IPOTEKA KREDITI TAHLILI
Annotatsiya
Maqolada uy-joy bozori dinamikasini belgilovchi asosiy omillar, xususan uy-joyga bo‘lgan talab va taklif, uy-joy va ijara narxlari, shuningdek aholining uy-joyga bo‘lgan yuqori talabini qondirishda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi kabi masalalar o‘rganildi. Shu bilan birga, hududlar kesimida aholini uy-joy bilan ta’minlashning dolzarb masalalari, uy xo‘jaliklari va qurilish kompaniyalari orasida o‘tkazilgan so‘rov natijalari ham maqolada o‘z aksini topgan. O‘zbekiston ko‘chmas mulk va ipoteka bozori tahlili nafaqat hozirgi ko‘chmas mulk bozorining holatini o‘rganishga, balki kelajakdagi strategik rejalashtirish va qarorlar qabul qilish jarayonlarida foydalanish uchun ham asosiy ma’lumotlar va tushunchalar keltirilgan.