XX ASR AMERIKA REALISTIK QISSACHILIGIDA POETIK KONSTRUKSIYA: SHAKL VA MAZMUN MASALASI
Annotatsiya
Har bir adabiyotda bo‘lgani kabi, XX asr AQSH milliy adabiyotida qissa janrining vujudga kelishi, takomillashuvi va rivojlanishing o‘ziga xos tarixi, taraqqiyot omillari hamda jahon arenasida ajralib turuvchi qator xususiyatlari mavjud. Qissa epik turga mansubligi, hikoya hamda roman janrlari o‘rtasidagi asarlar turkumini qamrab olishini, hikoya janri ildizlari millat adabiyotida romantizm davrida E.Po, U.Irving singari hassos yozuvchilar hissasiga, roman janri negizlari ma’rifatparvarlik davrida Ch.B.Braun, F.Kuper xizmatlariga bevosita bog‘liq ekanini inobatga olganda, qissachilik asoslari ham XX asrda dab-durustdan paydo bo‘lmaganini anglashimiz mumkin. Ushbu maqolada Amerika realistik davri qissalari ularning shakl va mazmun jihatdan o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr yuritamiz.