BIZNES MUZOKORALARDA XORIJIY TILLARNING RO‘LI
Annotatsiya
Ushbu maqola biznes muzokoralarida xorijiy tillarning roli va ahamiyatini o‘rganishga qaratilgan. Maqolada xorijiy tillarni bilishning muloqot samaradorligi va xalqaro biznesdagi muvaffaqiyatga ta’siri tahlil qilinadi. Ingliz tilining xalqaro biznes tiliga aylanishi, madaniyatlararo farqlar va kommunikatsiya to‘siqlari, shuningdek, xorijiy tillarni o‘rganish strategiyalari muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari xorijiy tillarni bilish va madaniyatlarni tushunish, shuningdek, muvaffaqiyatli muzokoralar o‘rnatish uchun zarurligini ko‘rsatadi. Korxonalar o‘z xodimlarining lingvistik va madaniy kompetensiyalarini oshirishga e’tibor qaratishlari kerak. Ushbu tadqiqot, xorijiy tillar va biznes muzokoralari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni chuqurroq o‘rganishga imkoniyat yaratadi. Shuningdek ushbu ma’lumotlar bo‘yicha kelajakdagi biznes muzokoralarda xorijiy tillarning qanchali ahamiyatli ekanligi va ularni qanday qo‘llash mumkinligi bo‘yicha ham yetarli ko‘nikmalar olish mumkin.