Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

SINERGETIKANING FALSAFIY VA IJTIMOIY DUNYOQARASHGA TAʼSIRI

Zulfiyaxon AripovaAndijan Institute of Mechanical Engineering "Humanities" department
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqola sinergetika fani va falsafaning oʻzaro aloqalarini, shuningdek, sinergetik gʻoyalar va tamoyillarning ijtimoiy va falsafiy dunyoqarashga qanday taʼsir koʻrsatishini tahlil qiladi. Sinergetika, tizimlar va murakkabliklarni tushunish boʻyicha yangi ilmiy yondashuvlarni taqdim etadi, bu esa falsafiy tafakkurni kengaytirishga va ijtimoiy tizimlar va jarayonlarni yangicha qarashga olib keladi. Maqolada, avvalo, sinergetik nazariyaning asosiy tushunchalari, masalan, oʻz-oʻzini tashkil etish, tizimlar oʻrtasidagi oʻzaro taʼsir va kaotik jarayonlar orqali yangi tartibning paydo boʻlishi kabi gʻoyalar koʻrib chiqiladi. Shuningdek, maqolada falsafaning sinergetika bilan uygʻunligi, uning zamonaviy hayotga nisbatan qanday yangiliklar olib kelgani, noaniqlik va ehtimollikni tushunishdagi roliga alohida eʼtibor qaratiladi. Ijtimoiy hayotda sinergetik modellarni qoʻllashning amaliy jihatlari ham yoritiladi. Misol sifatida, iqtisodiyot, ekologiya va siyosatdagi murakkab tizimlarni boshqarish va rivojlantirishda sinergetik yondashuvlarning qoʻllanilishi koʻrsatiladi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

Koʻrsatkichlar — AkademScholar · Tez orada