CHET TILLARNI ERTA YOSHDA O‘RGANISHNING AFZALLIKLARI
Annotatsiya
Erta yoshda chet tillarini o‘rganish bolaning har tomonlama, xususan, kognitiv va ijtimoiy rivojlanishida ham katta ahamiyatga ega. Ushbu maqolada chet tillarini erta yoshdan o‘rganishning qator afzalliklari to’g’risida ma’lumot beriladi. Shuningdek, keng qamrovli adabiyotlarni o‘rganish orqali masala yuzasidan o’tkazilgan tadqiqotlar natijasi va ularda qo‘llanilgan metodologiyalar, ularning ta'lim siyosati va amaliyotiga ta'siri yuzasidan qilingan tahlillar xususida so’z yuritiladi. Ushbu tahlillar shuni ko‘rsatadiki, chet tillarini ertayoshdan o‘rgangan bolalarda muammoni hal qila olish xususiyatlari, turli vazifalarni bajarish qobiliyatlari boshqa bolalarga nisbatan kuchli ekanligi kuzatiladi. Bu holatlar o’z o’rnida bolaning ijtimoiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanadi.