Davlatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda qishloq xo‘jaligi faoliyatining nazariy tamoyillari va o‘ziga xos xususiyatlari
Annotatsiya
Mamlakatimizning yangi rivоjlanish bоsqichida barcha tarmoqlarda bo‘lgani kabi qishloq xo‘jaligida hambir qator islohotlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda. Ayniqsa, davlatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda qishloqxo‘jaligi tarmog‘ini barqaror rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasida qishloqxo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasining qabul qilinishi muhim dasturulamal bo‘libhisoblanadi. Davlat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda agrar tarmoqni barqaror rivojlantirish bir qatоr vazifalarni o‘z ichigaоladi. Jumladan, aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjiriniyaratish, boshqaruvda davlat ishtirokini kamaytirish va investisiyaviy jozibadorlikni oshirish, tabiiy resurslardan oqilonafoydalanish va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash, qishloq xo‘jaligida ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlaritizimini rivojlantirish kabilar ko‘zda tutilgan.