METAFORALARNING O’ZBEKCHA TARJIMASIGA KOGNITIV YONDASHUV
Annotatsiya
Ushbu maqolada kognitiv tilshunoslikda metaforalarning talqini haqida so’z boradi. Metaforalar bir jismning, voqelikning, materiyaning boshqacha so’zlar bilar atash san’ati bo’lib, uning ildizi qadimgi davrlarga borib taqaladi. Tabiiy jarayonlar in’inikosida paydo bo’lgan metaforalar, o’z-o’zidan tarixiy, ijtimoiy, ekologik, siyosiy jarayonlar natijasida o’zgarishlarga uchraydi. Asrlar davomida metaforalarga bo'lgan qiziqish bir oz sekinlashdi. Chunki olimlar metafolarni shunchaki bir jism, hodisa yoki voqelikni boshqacha nom bilan tasvirlash deb hisoblab kelishgan. Ammo 20-asrga kelib til hodisalariga antrposentrik jihatdan yondashuv ilgari surilgandan so’ng, tilning barcha jihatlari qatorida metaforalarga ham pragmatik, lingvamadaniy va umuman kognitiv yondashish lozimligini taqozo qildi. Maqolada turli davrlarda yashab o’tgan olimlar va tadqiqodchlarning metaforalar borasidagi fikri va qarashlariga murojaat qilingan. Shu bilan birgalikda ba’zi bir metaforalar kognitiv tahlil qilinib, tarjimada ularni ifodalovchi ekvivalentlarini qanday tanlash kerakligi haqida so’z boradi.