SALIM ASHUR SHE’RLARIDA LINGVOMADANIY BIRLIKLAR VOSITASIDA VOQELIKNI BADIIY TALQIN ETISH
Annotatsiya
Ushbu maqolada shoir Salim Ashur ijodidagi lingvomadaniy birliklar tahliliga alohida e'tibor qaratilgan. Kirish qismida muallif dunyoqarashi, badiiy ijoddagi milliy madaniyat unsurlarining aks etishi masalasiga to‘xtalib o‘tiladi. Keyingi qismda Salim Ashur ijodiga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot ishlari tahlil qilinib, lingvomadaniy birliklarning mohiyati ochib beriladi. Maqolaning asosiy qismi Salim Ashur she'riyatidagi lingvomadaniy birliklarni tahlil qilishga bag‘ishlangan bo‘lib, shoir asarlaridan misollar keltiriladi va unda qo‘llangan lingvomadaniy birliklar vositasida voqelik qanday badiiy talqin etilganligi yoritiladi. Xulosa qismida esa tadqiqotning asosiy natijalari umumlashtiriladi va Salim Ashur ijodidagi lingvomadaniy birliklarning badiiy vazifasi haqida umumiy xulosalar beriladi.